Amir Temur shoh koʻchasidagi 3-4 qavatli binolar oʻrnida koʻp qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari quriladi

13:14 03 Aprel 2024 Siyosat
235 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yunusobod poytaxtni eng qulay qismida joylashgani uchun kredit olmasdan, oʻz sarmoyasini kiritib, ish oʻrni yaratishga intilayotgan tashabbuskorlar juda koʻp. Lekin, ularni eng qiynaydigan masala – tumanda boʻsh joy topish.

Masalan, Amir Temur shoh koʻchasi soʻnggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador koʻchaga, hududni oʻsish nuqtasiga aylandi. Lekin koʻchani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.

Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor koʻp qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish mumkinligi qayd etildi.

Shunday loyihalarni bank filiallari oʻrnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?