Amerikaning Indiana shtati Oʻzbekiston bilan savdo, sarmoyaviy va taʼlim sohasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Elchixonadan olingan maʼlumotga koʻra, suhbat avvalida Amerika vakillari Oʻzbekistonda jozibador sarmoyaviy va farovon ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan tanishdi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, akademik sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.
Martin Bayerning taʼkidlashicha, u rahbarlik qilayotgan markaz yarim asr davomida Indiananing xalqaro aloqalari uchun katalizator boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Markaz korxona, tashkilot va davlat idoralari, shuningdek, universitetlar bilan hamkorlikda ish olib borib, shtatning turli dastur va xizmatlar orqali global manfaatlarini kengaytirayotgani qayd etildi.
Indiana shtatida dunyoning 38 ta davlatidan 1000 dan ortiq xorijiy kompaniyalar faoliyat koʻrsatmoqda, 30 mingdan ortiq chet ellik talaba tahsil olmoqda, hududning 30 dan ortiq shaharlari bilan xalqaro birodarlik aloqalari oʻrnatilgan. Martin Bayer, shuningdek, Xalqaro markaz Indiana shtati bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni taʼminlashini bildirdi.
Amerika vakillari qishloq xoʻjaligi sohasini oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri sifatida alohida taʼkidladi. Martin Bayerning soʻzlariga koʻra, Indiana yerlarining 80 foizi dehqonchilik va oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan va har oʻninchi ish joyi bevosita ushbu soha bilan bogʻliq. Bundan tashqari, shtat har yili 4,6 milliard dollardan ziyod qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Indiana xalqaro markazi vakillari qishloq xoʻjaligi sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida mahalliy ekspert va kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.
Martin Bayer, shuningdek, akademik aloqalar hamkorlikni kengaytirishning yana bir istiqbolli yoʻnalishiga aylanishi mumkinligini taʼkidladi. Shu munosabat bilan Indiana universiteti bilan Oʻzbekistondagi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishni taklif qildi.
Indiana xalqaro markazi rahbari mintaqaviy hamkorlik va oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida oʻzbekistonlik tadbirkorlar, akademik va ishbilarmon doiralar vakillarining ushbu shtatga tashrifini tashkil etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Maʼlumot uchun, Indiana xalqaro markazi 1971-yilda Indiana shtatining korxonalari, davlat idoralari va taʼlim muassasalariga xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. Markaz xususiy sektor uchun turli dasturlar va xizmatlarni taklif etadi. Jumladan, mintaqaviy ofislar ochish, xalqaro aloqalar oʻrnatish va malaka oshirish kurslarini tashkil etishda yordam beradi. Bundan tashqari, Xalqaro markaz xalq diplomatiyasi sohasidagi ilgʻor tajribani targʻib qiluvchi “Global Ties U.S.” notijorat tashkilotining aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti tomonidan har yili xorijiy davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston vakillari uchun tashkil qilinadigan “International Visitor Leadership Program” uch haftalik almashinuv dasturida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring