Amerikaliklar boʻlajak prezidentlik poygasining asosiy favoritlarini aytishdi

Foto: AP
Amerikaliklar boʻlajak prezidentlik poygasining asosiy favoritlar haqida oʻzi fikrlarini aytishdi. Ular orasida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden yoʻq, deya yozmoqda “Fox News” dastlabki soʻrovlarga tayanib.
Aksariyat respublikachi saylovchilar Florida gubernatori Ron Desantisni prezidentlikka asosiy daʼvogar sifatida koʻrsatgan. Xususan, yaqinda Markett yuridik maktabida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning 63 foizi Desantisni soʻrovda qatnashganlarning atigi 36 foizi qoʻllab-quvvatlagan Trampdan koʻra Respublikachilar partiyasi tomonidan tanlanishini afzal koʻrishini bildirgan.
Yana bir soʻrovi shuni koʻrsatdiki, demokratlarning qariyb 54 foizi oʻz partiyalarining gʻalaba qozonish uchun eng yaxshi imkoniyati Baydendan boshqa nomzod bilan boʻladi, deb hisoblaydi. Biroq, amerikaliklarning 68 foizi amaldagi prezident nomzodini koʻrsatishga qarshi boʻlishiga qaramay, uni vitse-prezident Kamala Xarris nomzodidan koʻra koʻproq maʼqul koʻrishgan.
Ilgari soʻrovlarda amerikaliklarning asosiy qoʻrquvi haqda soʻralgan edi. Unda AQSH fuqarolari yadro urushi xavfi, energiya resurslari va raqamli kuzatuvlar boʻyicha davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatlardan xavotirda ekanini bildirgan. Soʻrovda qatnashganlarning 69 foizi yaqin besh yil ichida yadro urushi xavfidan “oʻta” yoki “biroz” hadikda ekanliklarini aytishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring