Amerikaga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi — DXX

10:20 01 Dekabr 2023 Jamiyat
137 0

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Jumladan, DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1979-y.t. shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilib, 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Pastdargʻom tumanida yashovchi, 1991-y.t. shaxs Kattaqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi, 1996-y.t. tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida yashovchi, 1999-y.t. shaxs Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер