Amerikadan Kanadaga parvoz qilgan yengil samolyot qulashi natijasida 7 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok boʻldi.
Asli oʻzbekistonlik, AQSHning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan boʻlgan. Otabek Obloqulovning doʻsti Mehmet Bastining soʻzlariga koʻra, ular Kingston shahrida toʻxtab oʻtmoqchi boʻlishgan.
Samolyotda Obloqulovning turmush oʻrtogʻi va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari boʻlgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli Oʻzbekistondan boʻlgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush oʻrtogʻi ham boʻlgan.
Samolyot Kingston shahrining shimoli-gʻarbiga, quyuq oʻrmonga qulagan. Fojia natijasida samolyotning barcha yoʻlovchilari halok boʻlgan.
Halokat sabablari oʻrganilmoqda. Qoidaga koʻra, bunday kichkina samolyotlarda “qora quti” boʻlishi majburiy boʻlmagan. Kanada meteorologiya xizmati tarqatgan xabarga koʻra, samolyot qulagan paytda hududda kuchli shamol esgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring