Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortib bormoqda – AQSh elchisi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortayotgani haqida gapirdi. Bu haqida “OʻzA” maʼlum qildi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik mamlakatimizda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekiston xalqini ushbu bahor ayyomi bilan qutladi.
“Navroʻz nafaqat yangilanish va farovonlik timsoli boʻlgan ajoyib bahor bayrami, balki erishilgan yutuqlarni nishonlash uchun muhim fursatdir. Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston fuqarolariga Navroʻz bayrami fayzli boʻlishini chin qalbimdan tilayman” – deydi AQSh elchisi.

Avvalo, Oʻzbekiston Prezidenti va hukumatining mamlakatda keng qamrovli va ortga qaytmas islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati meni hayratda qoldirdi. Biz iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, shuningdek, Oʻzbekistonni savdo va investitsiyalar uchun istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrayotgan Amerika kompaniyalarining qiziqishi ortib borayotganini koʻryapmiz, deb qoʻshimcha qilgan Jonatan Xenik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring