Alloma siymosiga ehtirom koʻrsatildi

Foto: Халқ сўзи
Surxondaryo viloyatida ham soʻz mulkining sultoni, oʻzbek adabiy tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlandi.
Termiz shahridagi alloma haykali oʻrnatilgan bogʻda viloyat hokimligi masʼullari, navoiyshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda talaba-yoshlar jam boʻldi. Tadbirda benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, shaxsiyati, ibratli hayot yoʻli, ayniqsa, bugungi kunda dunyo miqyosida Navoiy merosini oʻrganishga boʻlgan yuksak eʼtibor alohida taʼkidlandi.
Sanaga bagʻishlangan tadbir Termiz shahridagi Sanʼat saroyi binosida konsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi. Shoirlar va talaba-yoshlar Alisher Navoiy gʻazallaridan namunalar oʻqidi. Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari “Alisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etdi. Buyuk shoir gʻazallari asosida yaratilgan qoʻshiqlar yangradi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring