Alisher Qodirov sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targʻib qilish taqiqlanishi lozimligini maʼlum qildi

10:39 04 Sentyabr 2024 Jamiyat
203 0

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, deputat Alisher Qodirov sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targʻib qilish taqiqlanishi lozimligini bildirdi. Bu haqda u oʻzining telegramdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Qodirov Samarqandlik shaxs Oʻzbekistonni Konstitutsion tuzumiga qarshi targʻibot va SSSRni tiklash taklifi uchun sud qarori bilan jinoiy javobgarlikka tortilganiga nisbatan oʻz fikrini bildirgan.

“Sud qarorini olqishlayman! Oʻzbek xalqi SSSR boshqaruvi tomonidan kamsitilgan, tahqirlangan va hanuzgacha oʻsha davrning ogʻir jarohatlarini davolamoqda. Millatlar, qadriyatlar va eʼtiqodni rad etgan sovet mafkurasi nafaqat oʻzbek xalqi, butun insoniyat boshiga balo boʻlib keldi va qoldiqlari hozirgacha balo boʻlmoqda. Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targʻib qilish taqiqlanishi lozim”, degan u.

Qodirov tariximizning bu ayanchli davri tahlil va muhokama qilinishi kerakligini, lekin uni maʼqullash yoki targʻib qilish nafaqat Konstitutsion tuzumga jinoyat, balki xalqimizga va qonli tuzum qurbonlariga aylangan ajdodlarimizga xiyonat sifatida baholanishi zarurligini bildirgan.

Avvalroq, bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?