Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi Nyu-Yorkda ham nishonlandi

17:52 08 Fevral 2021 Madaniyat
675 0

Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan madaniy-maʼrifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda AQSHda istiqomat qiladigan vatandoshlar, shuningdek, Oʻzbek tili va madaniyati ixlosmandlari klubining xorijlik aʼzolari qatnashdi. Ular orasida AQSH, Meksika, Gretsiya, Italiya, Yamayka, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Peru, Xitoy, Kanada va boshqa davlatlar fuqarolari bor edi.

Badiiy kechada Alisher Navoiyning keng va serqirra ijodidan namunalar, qolaversa, kelajak avlodlarga qoldirgan oʻgitlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Anjumanda ishtirokchilar Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan oʻzbek tilining xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarni yuqori baholadi. Ushbu saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida AQSH hududida navoiyxonlik kechalarini muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?