Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi

19:18 04 Fevral 2021 Madaniyat
755 0

Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Mazkur Fond:

Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik gʻoyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng oʻrganadi va targʻib qiladi;

Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;

Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga koʻmaklashadi.

Qaror bilan shuningdek, Fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda Fond tuzilmasi maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?