Alisher Navoiy ijodi — dunyo adabiyotining beqiyos maʼnaviy xazinasi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida tadbir oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ulugʻ shoirning boy va serqirra ijodi nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki jahon adabiyotida ham salmoqli oʻringa egaligi alohida taʼkidlandi. Soʻzga chiqqanlar Navoiy lirik, epik va falsafiy asarlari bilan XV asr adabiyotida chuqur iz qoldirgani, hozirgi vaqtda ham butun dunyo xalqlari Navoiy asarlarini sevib oʻqishi xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Yuksak maʼrifat egasi hazrat Alisher Navoiy bobomiz bir qancha asarlarini taʼlim-tarbiyaga bagʻishlagan, — deydi afgʻonistonlik tinglovchi Nadim Xusna. — Oʻzi ham shu yoʻlda zahmat chekkan. Asarlarida ilgari surilgan gʻoyalar hech bir zamonda oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Bunday tadbirlarning oʻtkazilishi biz, yoshlar uchun juda muhim. Navoiyni anglashimiz, asarlarining mazmun-mohiyatini tushunishimizda qoʻl keladi.
— Hazrat Navoiy ikki xalq oʻrtasida ulkan koʻprik bunyod etgan mutafakkir bobokalonimiz, — deydi afgʻonistonlik tinglovchi Shams Sadad Nilab. — Ulugʻ shoir bir vaqtning oʻzida ham turk, ham fors-tojik tillarida ijod etib, doʻstlik, birdamlik rishtalarini mustahkamlagan. Biz bundan faxrlanamiz, asarlarini hayotimizning mayogʻi, deb bilamiz.
Anjumanda Alisher Navoiy ruboiylaridan namunalar oʻqildi, gʻazallariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring