Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:40 13 Noyabr 2023 Jamiyat
67 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX, Bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Gʻijduvon tumanidagi “Sarmijon” yoʻl-patrul xizmati maskanida fuqaro M.T.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, umumiy bahosi 225 mln soʻmlik 15 000 quti “Milano” hamda 1 000 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar boʻlim tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. Mustaqillik MFY hududida joylashgan savdo doʻkonida 22 xil turdagi jami 3 111 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер