Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

13:07 30 Yanvar 2024 Jamiyat
71 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan D.S. “Sardoba buyum bozori” MCHJning orqa tomonidagi rastada 27 xil turdagi jami 5 905 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadi saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?