Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

18:34 04 Mart 2024 Jamiyat
185 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.M. va boshqalar Zamaxshariy ko‘chasidagi xonadonda umumiy bahosi 391,9 mln so‘mlik 9 turdagi jami 20 890 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish uchun saqlab qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Ya.M. va T.S. (muqaddam sudlangan) jami 6 500 quti “Milano London” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro M.X.ga 4 420 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan bojxona xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.B. o‘zining “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz 3 turdagi jami 1 350 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini o‘tkazish maqsadida Navoiy shahriga olib kelayotgan vaqtida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер