Aksariyat germaniyaliklar Ukrainaga qiruvchi samolyotlar va suv osti kemalarini yetkazib berishga qarshi chiqdi

Foto: AP
Aksariyat nemis fuqarolari Ukrainaga Gʻarbda ishlab chiqarilgan yangi harbiy texnikani yetkazib berish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamaydi. Bu haqda “Der Tagesspiegel” “Forsa” tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga tayanib yozmoqda. Soʻrov nemislarning 70 foizi Kiyevga qiruvchi samolyotlar, kemalar yoki suv osti kemalarini yuborishga qarshi ekanini bildirgan.
Qayd etilganidek, respondentlarning atigi 19 foizi bunday qarorni qoʻllab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, respondentlarning 73 foizi Germaniyaning NATO bilan maslahatlashuvlardan keyingina Ukrainaga tanklarni topshirishga roziligini toʻgʻri deb hisoblashini bildirgan. Shuningdek, ularning 20 foizi esa qarama-qarshi nuqtayi nazarga egaligi maʼlum boʻlgan.
Shu bilan birga, nemislarning 72 foizi Ukrainadagi mojaroning kuchayishi va uning boshqa davlatlarga oʻtishidan qoʻrqishadi. Soʻrovda qatnashganlarning 62 foizi Germaniyada turmush darajasining pasayishidan xavotirda, 40 foizi esa moliyaviy ahvolining pasayishi kutmoqda.
Umuman olganda, soʻrovda qatnashganlarning 68 foizi Ukraina inqirozini eng muhim muammolardan biri deb atagan, 22 foizi energiya taʼminoti bilan bogʻliq vaziyatni, 14 foizi iqlim oʻzgarishi masalalariga ustunlik bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring