Akmaljon Maxmudaliyev zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi

17:29 26 Noyabr 2022 Siyosat
763 0

Foto: Arxiv surat

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi.

Ayni daqiqalarda Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirokida Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda mazkur farmon matni oʻqib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.

A.Maxmudaliyev koʻp yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba toʻplagan. Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi, Fargʻona viloyatining

Uchkoʻprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Mirzayev Gʻofirjon Gʻaniyevich Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?