Ehtiyojlarni baholash missiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov bilan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) saylovlar boʻyicha katta maslahatchisi A. Gromov boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari uchrashdi.
Muloqot avvalida mehmonlarga Qonunchilik palatasining faoliyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT/DIIHB oʻrtasidagi samarali hamkorlikning muhim jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
A.Gromov taqdim etilgan maʼlumotlar uchun minnatdorlik bildirib, tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad kutilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash va ushbu jarayonni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ekanligini taʼkidladi.
Muloqotda A.Gromov Oʻzbekiston Saylov kodeksini ishlab chiqishda YEXHT/DIIHB va Venetsiya komissiyasining tavsiya va takliflari qabul qilingani, Oʻzbekiston saylov qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha muhim qadamlar tashlanayotgani taʼkidladi.
Uchrashuv davomida jamoat tashkilotlari vakillariga saylovlarni kuzatish huquqini berish, sudlarning shikoyatlarni koʻrib chiqishi toʻgʻrisidagi Kodeks qoidalari, fuqarolarning shikoyatlarini koʻrilishida sud hokimiyatining roli, saylov komissiyalari qarorlarini sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi muhokama qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston tomoni ekspertlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.
Tadbir yakunida tomonlar uchrashuvdan mamnun ekanligini bildirib, samarali va konstruktiv hamkorlikni yana-da rivojlantirishga kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring