Axborot va kiberxavfsizlik boʻyicha reyting eʼlon qilindi

05:47 06 Avgust 2022 Jamiyat
337 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ–4751-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” DUK davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha reyting baholash oʻtkazib kelmoqda.

Ushbu reyting natijalari Kiberxavfsizlik markaziga davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.

Kuni kecha 2022-yil II chorak yakuni boʻyicha reyting natijalari eʼlon qilindi.

Ushbu reytingga koʻra, Adliya vazirligi 97.3 ball bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qoʻmitasi oʻrin oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?