Akademik litseylarga kirish imtihonlarining Mandat javoblari eʼlon qilindi

11:06 26 Avgust 2022 Jamiyat
679 0

Illustrativ foto

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Abituriyent toʻplagan bali asosida ustuvorlik boʻyicha tanlagan akademik litseyga oʻqishga qabul qilinadi.

Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi boʻyicha aniqlash quyidagi tartib aosida baholandi.

— u tanlagan birinchi akademik litseyning yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

— u tanlagan birinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan ikkinchi litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

— u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan uchinchi litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi;

— u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?