Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi

18:36 09 Oktyabr 2021 Sport
716 0

Ushbu musobaqa Turizm va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 2004-2005 hamda 2006-yilda tugʻilgan va undan kichik boʻlgan oʻsmir sportchilar OZK, BOʻSM, IBOʻSMlar aro mamlakat chempionligi uchun kurash olib borishmoqda.

10-oktyabr kuni ham davom ettiriladigan akademik eshkak eshish boʻyicha musobaqalarda jami 400 nafardan ortiq sportchilar oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazadilar.

Chempionat yakunida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasi uchun munosib nomzodlar saralab olinadi va ular terma jamoa tarkibida kelgusi yil boʻladigan nufuzli xalqaro sport musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?