Aka-uka Yemelyanenkolar oʻrtasida jang oʻtkazilishi mumkin — OAV

17:59 08 Sentyabr 2021 Sport
1107 0

Foto: sport.ru

Promouter Xryunov aka-uka Yemelyanenkolar oʻrtasida jang boʻlishi ehtimoli borligini aytib oʻtdi.

MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko akasi Fyodor bilan jang qilishga tayyorligini eʼlon qildi. Uning aytishicha, bu bahsda hech qanday muammosiz gʻalaba qozonishiga ishonadi. 

Aka-ukalar 14 yildan beri bir-biri bilan muloqot qilmaydi. Ularning oktagonda yuzma-yuz kelishi haqidagi gap-soʻzlar tez-tez tarqalsa-da, ekspertlar bunday jang boʻlishiga shubha bilan qaraydi.

Ularning qaysi biri kuchli?

Aleksandr Yemelyanenko professional faoliyati davomida 37 ta jang oʻtkazib, ularda 28 tasida gʻalaba qozongan. Sakkiz bahsda magʻlubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi bir jangning natijasi bekor qilingan. Aleksandr oxirgi bellashuvini 2020-yilning 24-iyul kuni "Absolute Championship Akhmat" (ACA) turniri doirasida oʻtkazgan va hamyurti Magomed Ismoilovga texnik nokaut bilan magʻlub boʻlgan.

Fyodor Yemelyanenko " Pride FC“, ”RINGS" va “WAMMA” yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempioni boʻlgan. Bundan tashqari, u "Bellator" Gran-prisi finaliga chiqqan. U faoliyati davomida 46 jang oʻtkazib, 39 bor gʻalabaga erishgan. Fyodorning MMAdagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?