Aka-uka deputatlar oxirgi uch oyda fuqarolarning qirqdan ziyod murojaatini ijobiy hal qildi

11:18 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
125 0

Namanganlik tadbirkor aka-uka  Boboxonovlar ijtimoiy  faoliyatda ham ko‘pchilikka namuna. Olimxon xalq deputatlari Namangan viloyat, G‘iyosiddin Namangan shahar Kengashi deputati sifatida saylovchilar ishonchini oqlab kelayotir. Buni ularning aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarni  qiynayotgan muammolar yechimidagi astoyil harakatida yaqqol ko‘rish mumkin. Birgina joriy yil uchinchi choragining o‘zida deputatlar qirqdan ziyod murojaatlarni ijobiy hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Xususan, Namangan shahridagi Sumalak guzari va Gulpora mahallasi ko‘chalaridagi ichimlik suv quvurlarini taʼmirlash hamda yangilash zarurati yuzasidan bildirilgan murojaat bo‘yicha deputatlar tashabbus ko‘rsatib, homiylik asosida 450 metr suv quvurlarini yotqizishga ko‘maklashdilar.  Amir Temur mahallasida imtiyozli kredit asosida tikuvchilik mashinasi olgan 5 nafar ayolga xom ashyo materiallari taʼminoti yo‘lga qo‘yilishi bilan ularning ishi yurishib ketdi. Ish topishda yordam so‘ragan 8 nafar fuqaro esa  “Art soft tex”  korxonasidagi bo‘sh  o‘rinlarga  joylashtirildi.

Bundan tashqari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 80 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, bemorlar va boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar holidan doimiy xabar olib kelayotgan bu aka-ukadan barcha birdek mamnun.

                                                              Q. NAJMIDDINOV. “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?