Aytdi va qaytdi: Antikorrupsiya agentligi “Coca-cola Uzbekiston"ning sotuvini toʻxtatishni soʻradi, bir kun oʻtib eʼtirozi yoʻqligini bildirmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning 25-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga “Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida” Taqdimnoma kiritilgan edi.
Unda tender ishtirokchilarini saralash va gʻolibni tanlash boʻyicha belgilangan mezonlarning oʻta yuqori va asoslantirilmaganligi sababli “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJdagi (keyingi oʻrinlarda – Kompaniya) davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha oʻtkazilayotgan tender jarayonini toʻxtatish soʻralgan edi.
“Ushbu Taqdimnomaga Davaktiv agentligi tomonidan operativ ravishda rasman munosabat bildirilganligi va xususiylashtirish jarayoni boʻyicha barcha asoslar tushuntirib berilganligiga minnatdorchilik bildiramiz”, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirda Kompaniyadagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni xalqaro amaliyot boʻyicha olib borilmoqda. Bunga dunyoning nufuzli “Rothschild & Co” investitsiya banki moliyaviy maslahatchi va “Dentons” yuridik firmasi yuridik maslahatchi sifatida jalb etilib, jarayonlar shaffof tamoyillar asosida tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Agentlik xususiylashtirish jarayonlarini xalqaro kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan bunday yangi amaliyotni toʻla qoʻllab-quvvatlaydi va xususiylashtirish jarayonining davom ettirilishiga eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Prezident ishtirokidagi Oʻzbekiston ayollariga bagʻishlangan tantanali bayram suratlarda (foto)
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring