Ayrim toifagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lov qilmaydi

16:51 29 Iyun 2022 Jamiyat
1081 0

Illustrativ foto

Abituriyentda imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi. Bu haqida AOKA da bo'lib o‘tgan brifingda DTM axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma`lum qildi.

— Joriy yilda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ayollarga 2 turdagi tavsiyanomalar berilmoqda. Lekin tavsiyanomalarni berish jarayoni hali yakunlanmaganligi sababli  qo‘mita tomonidan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilmagan, — dedi Orziqul Boboyev.

Mazkur ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng, “Mening imtiyozlarim” bo‘limida sizga tegishli tavsiyanoma ma’lumotlari aks etadi.

Umumiy holda shuni aytish kerakki, agar “Imtiyozlar” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.

Shuningdek, joriy o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

- test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

- Imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?