Ayrim tadbirkorlar kreditlarining 6 foizgacha qismi qoplab beriladi

14:28 12 Iyul 2024 Iqtisodiyot
220 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtayotgan yigʻilish davom etmoqda.

Viloyatdagi yirik bogʻbonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yoʻqotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston, Rishton, Beshariq, Bogʻdod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish topshirildi.

Viloyat bogʻbon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valyutada olingan kreditlarning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning ogʻirini yengil qilish uchun yer soligʻi yarmiga kamaytirilsa, adolatdan boʻlishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер