Ayrim rahbarlar bu ezgu islohotga oʻziga yaqin taʼminotchilar va bilimsiz odamlarni aralashtirayapti — Shavkat Mirziyoyev

17:38 28 Iyun 2022 Siyosat
637 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Agar tomchilatib sugʻorishni joriy etish sohasida erkin raqobat boʻlsa, ilm bilan yondashilsa, ushbu texnologiyani joriy etish xarajatini gektariga 15-20 million soʻmga bemalol tushirish mumkin (hozirda 27 million soʻm).

«Lekin, katta fojia – ayrim rahbarlar bu ezgu islohotga oʻziga yaqin taʼminotchilar va bilimsiz odamlarni aralashtirayapti. Shu orqali korrupsiya boshlangani haqida menda yetarli maʼlumotlar bor», dedi Prezident.

Moliya va Suv xoʻjaligi vazirliklariga bir hafta muddatda:

— yangi ishga tushirilgan elektron portalga hamma taʼminotchilarni kiritish;

— taklif qilinayotgan suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bunda eng maqbul shartlar va narxlarni fermerlarning oʻzi tanlaydi.

Ishlab chiqaruvchi esa kamida 3 yil fermerga servis xizmatini koʻrsatishni kafolatlashi shart.

Umuman, klasterlar hamkor fermerlari bilan birga olgan daromadidan bir qismini jamgʻarib, ichki irrigatsiya tizimini yaxshilashni ham yoʻlga qoʻyishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?