Ayrim yoʻnalishlarda metro poyezdlar harakat tezligi vaqtincha tushirildi

17:15 20 Iyul 2022 Jamiyat
526 0

Foto: Arxiv surat

Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, ayni vaqtda havo haroratining keskin koʻtarilishi sabab “Yer usti halqa yoʻli” va “Sergeli” yoʻlining temiryoʻllari va ularning poʻlat qismlarining harorati juda yuqori boʻlib, +65 darajaga yetdi.

Poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan qoidalarga koʻra, yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirildi.

Poyezdlar harakat jadvalini meʼyorda saqlash maqsadida “Chilonzor” yoʻnalishining yer osti yoʻli qismida (“Olmazor” — “Buyuk ipak yoʻli”) poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?