Ayrim bogʻchalarda kam taʼminlangan oilalar farzandlari tekinga tarbiyalanadi

21:30 06 Noyabr 2020 Jamiyat
150 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyatida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi va Oʻzbekiston pedagogik kollejlarida dual taʼlimning joriy etilishini namoyish etdi.

Press turda qayd etilishicha, davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlar kam taʼminlangan oilalarga imtiyozlar beradi.

Xususan, Erudit Kids Planet – nodavlat MTT boʻlib, Nurafshon shahridagi DXSH asosida faoliyat yuritadi. Quvvati 100ta oʻringa moʻljallangan. MTTda 14 nafar xodim ishlaydi, ingliz va rus tillari boʻyicha qoʻshimcha bilimlar beriladi, shuningdek taekvondo, xoreografiya kabi mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Kam taʼminlangan oilalardan ota-ona toʻlovi DXSH kelishuviga doir davlat tomonidan belgilangan tariflar asosida olinadi (Nurafshondagi MTTda 113-159 ming soʻm). Shuningdek, ushbu NMTT taʼsischisining shaxsiy tashabbusi kam taʼminlangan oilalardan Erudit kids planet NMTTsiga qatnayotgan ayrim bolajonlarning kelishi bepuldir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?