Ayrim bogʻcha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi

14:12 08 Yanvar 2024 Jamiyat
295 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra:

— 2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;

— davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari toʻliq davlat budjetidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер