“Air Arabia” ilk bor Namanganga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

Bugun, 28-noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor “Air Arabia” aviakompaniyasining samolyoti kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Namangan – Sharja yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Namangan aeroporti va “Air Arabia” aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 170 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish jarayonini boshlab berishdi.
Eslatib oʻtamiz, “Air Arabia” Sharja va Namangan oʻrtasida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda. Parvozlar qulay A-320 samolyotlarida muntazam ravishda, haftasiga uch marta amalga oshiriladi — Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.
Air Arabia — shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arzon aviakompaniya boʻlib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek, Marokashdagi toʻrtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring