AI-80 markali benzinning birjadagi narxi 2% ga koʻtarildi, paxta yogʻi, suyultirilgan gaz narxi pasaydi

16:26 01 Iyun 2022 Iqtisodiyot
372 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yil yanvar oyida sotuvchi korxonalar har kuni birja savdolariga oʻrtacha 4 307 tonna AI-80 markali benzinini qoʻyib kelishgan boʻlsa, may oyida ushbu koʻrsatkich 3 022 tonnagacha (30% ga) pasayib ketgan.

May oyida AI-80 markali benzinning birjada shakllangan oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 208,9 ming soʻmdan 8 345,1 ming soʻmgacha, yaʼni 2% ga koʻtarilgan.

Birja savdolarida paxta yogʻining bir tonnasi 18 051,4 ming soʻmdan 17 190,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,8% ga pasaygan.

Birja savdolarida suyultirilgan gazning bir tonnasi uchun 5 551,7 ming soʻmdan 5 370,9 ming soʻmgacha, yaʼni 3,3%ga pasaygan.

Birja savdolarida paxta tolasining bir tonnasi uchun 36 858,0 ming soʻmdan 35 185,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,5% ga pasaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер