Aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak — Prezident

Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
OʻzAning yozishicha, mamlakatimizda oʻtgan toʻrt yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga oʻrtacha 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan. Bu oldinlari yiliga qurilgan oʻrtacha uy-joydan 4-5 baravar koʻp, degani.
Yigʻilishda bu yetarli emas ekanligi taʼkidlandi
«Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak.
Buni tegishli mutaxassislar hisoblab chiqqan. Endi asosiy eʼtiborni loyiha va qurilish sifatini oshirish, sohani mablagʻ bilan taʼminlash va halol-pok ishlatish, malakali mutaxassislar tayyorlash kabi koʻplab muammolarni bartaraf etish lozim", dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari shu sababli, aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid yangi Farmon tayyorlanganini taʼkidladi.Ushbu Farmonda, eng muhimi aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan taʼminlash va bu borada ularning tanlash imkoniyatlarini kengaytirish koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring