Aholini oʻylantirgan masalalar nazoratga olindi

10:37 30 Noyabr 2021 Jamiyat
215 0

Deputatlarning oʻz saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari odamlarni qanday muammolar oʻylantirayotgani va ularni hal etish boʻyicha nimalar qilish zarurligini aniqlashda muhim oʻrin tutadi.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 26-noyabr — 1-dekabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oʻzi saylangan okruglarda boʻlib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Xususan, parlament quyi palatasi deputati Oʻrol Oʻrozboyev Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi “Qangli”, “Nurafshon”, “Yoyilma”, “Tokchilik”, «Ravallik» hamda «Yakkaqayragʻoch» mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Deputat dastlab aholiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqidagi eng muhim tamoyillar — “Inson qadri uchun”, “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari”, «Inson — jamiyat — davlat», “Xom ashyodan — tayyor mahsulotgacha”, “Biz-dunyoga, dunyo-bizga ochiq boʻlishi kerak”, “Jaholatga qarshi — maʼrifat” hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi haqida kengroq tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, qonun ijodkorligi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining eng muhim, birinchi galdagi faoliyati ekanligi, 2021-yil 9 oyi davomida 117 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilganligi, shundan 51 tasi alohida qonun sifatida, 33 tasi esa 10 ta qonunga birlashtirilib, jamlanma qonunlar tariqasida, 4 tasi xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi qonun sifatida qabul qilinganligi, hududlar nomi va chegaralari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan 3 ta qaror qabul qilinganligi haqida ham maʼlumot berildi.

Muloqotlarda xalq vakili aholi bilan dildan suhbatlashib, ularni oʻylantirayotgan masalalar, oʻz yechimini kutayotgan muammolar bilan qiziqdi. Ushbu jarayonda ayrim masalalar joyida hal etildi, ayrimlari nazoratga olindi. Uchrashuvda 35 ta tuman, 25 ta viloyat, 15 ta respublika miqyosida hal etilishi boʻlgan masalalar atroflicha muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputatning hududdagi uchrashuvlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?