Aholiga suyultirilgan gaz sotishidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish holati aniqlandi

21:26 16 Avgust 2022 Jamiyat
603 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Konimex tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Konimextumangaz” boʻlimida hisob boʻyicha texnik vazifasida ishlovchi R.B. aholiga tarqatilgan suyultirilgan gaz uchun fuqarolar tomonidan toʻlangan 121,3 mln soʻmni “Hududgaz Navoiy” hisob-raqamiga kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?