Aholiga sud-ekspertlik sohasiga doir maʼlumotlarni tezkor yetkazish maqsadida maxsus axborot portali ishga tushirildi

09:16 02 Avgust 2022 Jamiyat
229 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori oʻrinbosari Uchqun Uzoqov maʼlum qildi.

Prezident farmoni asosida 2021-2025-yillar davomida 16 ta yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish belgilandi. Bugungi kunda ulardan Sud-soliq va Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizalarining uslubiy asoslari yaratilib, sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etildi.

Respublikamiz tarixida ilk marotaba X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Sohaga “Sud ekspertizalari hisobli tizimi” va “Elektron taʼlim platformasi” axborot tizimlari joriy etilib, aholiga sud-ekspertlik sohasiga doir maʼlumotlarni tezkor yetkazish maqsadida https://sudexpert.uz/ axborot portali, ekspertiza uchun taqdim etilgan ashyoviy dalillarni identifikatsiyalash dasturi faoliyatga tatbiq etildi.

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni oʻtkazish tartibi belgilandi. Bunda murojaat qilgan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?