Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

17:22 27 Noyabr 2023 Jamiyat
63 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi, Xatirchi, Gurlan, Xonqa va Ellikqalʼa tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning ushbu tumanlar koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 903,4 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер