Aholi turmush farovonligini yuksaltirishda Fargʻona tajribasi

18:40 23 May 2022 Jamiyat
528 0

Foto: Халқ сўзи

Maʼlumki, shu yilning 12-13-may kunlari davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatida boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishgan va bu borada erishilgan yutuqlarni alohida eʼtirof etib, Fargʻona tajribasini mamlakat miqyosida ommalashtirish zarurligini taʼkidlagan edi.

Oʻtgan dam olish kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar hokimlari, respublika vazirlik va idoralari rahbarlari Fargʻona viloyatida boʻlib, amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishdilar.

Viloyat hokimlari hamda ularning investitsiyalar va tashqi savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, vazirlar, tashkilot va idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev bilan birga Fargʻona hududlarida yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazdi.

Oltiariq tumanida ming gektar yerda tashkil etilgan uzumchilik kooperatsiyasi, Buvayda tumanidagi mebelchilik majmuasi, Uchkoʻprik tumanining Boboshbek mahallasida qad rostlagan tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi savdo-logistika markazi kabi loyihalar bilan tanishuv mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tashrif mobaynida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, xususan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi natijalar sarhisob etildi. Ayni jarayonda oʻzaro tajriba almashish, amaliy muloqotlarni kengaytirishga kelishib olindi.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yirik investitsiyaviy loyihalar, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahallabay ishlash, bogʻdorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish qaratilgan izchil saʼy-harakatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

​​

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?