Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar kengaymoqda

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va qulayliklarni kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda suv taʼminotidagi qiyinchiliklar tufayli tomorqa yerlaridan samarasiz foydalanilyapti. Bu muammoni hal etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 30-iyundagi PQ-4767 sonli qarori bilan aholi tomorqalarini sugʻorish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million soʻmdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratish mexanizmi joriy etildi. Bunda artezian qudugʻi kamida 30 ta aholi tomorqasiga xizmat qilishi nazarda tutiladi.
Bu borada tegishli tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Endilikda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-aprel va 1-avgustga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan hamda 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring