Agar Ukraina oʻz mustaqilligini himoya qila olmasa, Polsha Rossiya bilan ziddiyatga kirishadi

Illyustrativ foto
Polshaning Fransiyadagi elchisi Yan Emerik Rostsishevskiy LCI telekanali efirida Rossiya bilan ziddiyatga kirishish shartini aytib oʻtdi. Unga koʻra, agar Kiyev magʻlub boʻlsa, bu sodir boʻladi.
“Agar Ukraina oʻz mustaqilligini himoya qila olmasa, bizda mojaroga kirishishdan boshqa iloj qolmaydi”, deydi diplomat.
Rostsishevskiyning qoʻshimcha qilishicha, Ukrainadagi qarama-qarshilik Gʻarbning asosiy qadriyatlari va madaniyati uchun kurashdir, shuning uchun uning fikricha, gʻalaba juda muhim.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda Varshava Kiyevga bir nechta MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshirishini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bular ish holatidagi toʻrtta samolyotdir.
Bungacha Polsha rasmiylari Ukraina tomoniga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish imkoniyatini eʼlon qilgan edi. Shu bilan birga, transfer faqat NATOning boshqa davlatlari bilan koalitsiyada amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.
Oʻz navbatida, Federatsiya Kengashi (Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining yuqori palatasi) aʼzosi, senator Aleksey Pushkov Polsha elchisining Rossiya bilan jang qilishga tayyorligi haqidagi soʻzlariga javob qaytardi.
Pushkovga koʻra, Polsha Rossiyaga qarshi faqat AQSH koʻmagi bilan kurashishga tayyor. Shu oʻrinda u diplomatning bayonotini “juda takabburlik” deb atadi.
“Birinchi marta Polsha rasmiy vakilining tili bilan uning rahbarlarining uzoq vaqtdan beri xayolidagi gap aytildi. Biroq, polyaklarning barcha «jasorati” AQSHning qoʻllab-quvvatlashiga asoslangan», deya xulosa qildi Federatsiya Kengashi vakili.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring