Agar hamma fanni bilganimda Ilon Maskni oʻrniga borib, “Tesla”ni ochardim — Ortiqxoʻjayev 

17:00 25 May 2021 Jamiyat
509 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuv ishtirok etdi. Ishtirokchilardan biri hokimdan nechta fanni bilishini soʻradi.

Muloqot haqida “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar bermoqda.

“Odam 3-4 ta fanni oʻrgana oladi. Agar hamma fanni bilganimda Ilon Maskni oʻrniga borib, «Tesla”ni ochardim», deb hazilomuz javob berdi hokim.

Shundan soʻng, ishtirokchi Oʻzbekistonda 5 “a” -sinf kabi sinflar emas, fizika, matematika kabi fanlar bilan nomlanuvchi sinflarga ixtisoslashgan manba ochish taklifini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?