“Afv” filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtdi

10:53 29 Yanvar 2022 Jamiyat
717 0

Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Zilola cinema production” studiyasi tomonidan suratga olingan “Afv” badiiy filmi premyera qilindi.

Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan boʻlib, unda turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda Yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Filmda rollarni Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpoʻlatov va boshqalar ijro qilgan.

Premyerada kinoijodkorlar, OAV vakillari, mutaxassislar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun, oldinda Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Rustam Saʼdiyevning “Baron 2”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Jamila Poʻlatovaning “Ayol qalbi” filmlarining katta premyerasi oʻtkazilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер