“Afsonalar vodiysi”ga minglab yoshlar tashrif buyurdi

14:41 02 Iyun 2022 Jamiyat
494 0

Foto: «Халқ сўзи»

Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar vodiysi” tematik parkida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival doirasida ochiq osmon ostida gala-konsert boʻlib oʻtdi. Unga shahar va tumanlardan minglab yigit-qizlar tashrif buyurdi.

Gala-konsert avvalida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirokchilarni anjuman bilan tabrikladi. Namangan nomini respublika va jahon miqyosida sharaflab kelayotgan faol yoshlar hamda jamoalarga pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festivalning asosiy qismida taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi badiiy dastur koʻngillarga zavq bagʻishladi.

— Gala konsert bugungi oqshomga alohida fayz bagʻishladi, — deydi festival ishtirokchisi Zamira Abdurahmonova. — Bu singari ommaviy tadbirlar yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishi, ularning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishiga xizmat qilishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?