Afgʻonistonlik investor bilan hamkorlikda Narpayda kovrak yetishtiriladi

16:37 27 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
269 0

Narpay tuman hokimi afgʻonistonlik investor Qurban Knodaidad bilan uchrashuv oʻtkazgan. Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, investor tumanga 100 ming dollar miqdorida investitsiya kiritish istagini bildirgan. Investor tumanda “Taxxor nur omad” MCHJ bilan hamkorlikda 200 gektar maydonda dorivor kovrak oʻsimligini yetishtirishni rejalashtirmoqda.

Taʼkidlanishicha, keyinchalik ular yana shuncha miqdorda investitsiya kiritib, kovrak ekish, parrandachilik va chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish niyatida.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?