Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berish Oʻzbekiston ichki bozoriga qanday taʼsir oʻtkazmoqda?

17:58 13 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
293 0

Ushbu savolga Energetika vazirligi quyidagicha javob berdi:

— Afgʻonistonda tinch hayotni oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston va Afgʻon Islom Respublikasi oʻrtasida elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan hukumatlararo kelishuv imzolangan.

Unga koʻra tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan boʻlib, ushbu kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish koʻzda tutilgan.

Mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash maqsadida, qoʻshni davlatlar energotizimlaridan ham qoʻshimcha import qilinib, Afgʻonistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Taʼkidlash joizki Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afgʻoniston energotizimi bilan faqatgina Oʻzbekiston orqali bogʻlangan, yaʼni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina Oʻzbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda notoʻgʻri raqamlar va faktlarga asoslangan boʻlib, haqiqiy holatni aks ettirmayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?