Afgʻonistondagi yangi inqiroz uchun AQSH aybdor — Vladimir Putin

19:49 09 Sentyabr 2021 Dunyo
1799 0

Foto: Reuters

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taʼkidlashicha, AQSHning Afgʻonistondan chiqib ketishi yangi inqirozga olib keldi.

“Afgʻonistondagi beqarorlikning yangi davri AQSHning masʼuliyatsizligi bilan bogʻliq”, dedi Vladimir Putin.

Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, AQSH va uning ittifoqchilarini Afgʻonistondan chiqib ketishi yangi inqirozli vaziyatning paydo boʻlishiga olib keldi va bularning barchasi mintaqaviy va global xavfsizlikka qanday taʼsir qilishi hozircha aniq emas.

Bir yarim yil oldin Dohada AQSH va “Tolibon” harakati tinchlik bitimini imzoladi. Unga koʻra, Vashington Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga, toliblar hozirgi hukumat bilan muzokara stoliga oʻtirishga va «Al-Qoida» bilan aloqalarni uzishga vaʼda bergan edi.

2021-yil avgust oyiga kelib, AQSH harbiylari Afgʻonistonni tark eta boshladi. Natijada toliblar barcha yirik shaharlarni tezda egallab olib, mamlakatni oʻz nazoratiga oldi.

Kuni kecha, “Tolibon” harakati muvaqqat hukumat tarkibini va Afgʻonistonni kim boshqarishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?