Afgʻonistondagi masjidlardan birida portlash sodir boʻldi. Qurbonlar bor

18:24 15 Oktyabr 2021 Dunyo
605 0

Foto: Khaleda_Pshtana/Twitter

Afgʻonistonning Qandahor shahridagi masjidda portlash sodir boʻldi. Bu haqda Afgʻonistonning Amaj News portali xabar bermoqda. Ushbu maʼlumot mahalliy hokimiyat organlariga tayanib “TOLOnews” telekanali tomonidan ham tasdiqlandi.

Manbalariga koʻra, portlash oqibatida odamlar halok boʻlgan. Ammo ularning aniq soni hozircha maʼlum emas. 

Hodisa shialarga tegishli masjidda juma namozi paytida sodir boʻlgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, koʻp odamlar voqea joyida vafot etishgan. Hozircha hech biror guruh hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?