“Afgʻonistondagi inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy xavf tugʻdiradi” - Imomali Rahmon

00:51 17 Oktyabr 2021 Dunyo
777 0

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid ekanligini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi

“Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy va gumanitar inqiroz mamlakatlarimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tugʻdiradi”, - deydi Imomali Rahmon.

Tojikiston Prezidentining soʻzlariga koʻra, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik guruhlar roʻyxatiga kiritilgan “Tolibon” harakati hokimiyatga kelishi Tojikiston uchun bu qoʻshni davlatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Shu nuqtayi nazardan, Rahmon MDH mamlakatlarining xavfsizlik tuzilmalarini Afgʻonistondan kelib chiqayotgan tahdidlarga qarshi kurashda yanada yaqinroq muvofiqlashtirishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?