Afgʻonistonda yuz bergan zilzila oqibatida 1000 nafardan ortiq odam hayotdan koʻz yumdi

Foto: Al Jazeera
Afgʻonistonda yuz bergan zilzila oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni ming ming nafardan oshgan. Yana 1,5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan. Bu haqda Paktika viloyati rasmiysi maʼlum qildi.
Kecha tunda Afgʻoniston janubi-sharqidagi Paktika viloyatida kuchli zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri Xost shahridan 44 kilometr uzoqlikda, 51 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Uning magnitudasi 6,1 ballni tashkil qilgan.
Zilzila erta tongda, koʻpchilik hali ham uxlab yotgan paytda sodir boʻlgan. Koʻplab uylar vayron boʻlgan. Yer silkinishlari Afgʻoniston poytaxti Kobul va Afgʻoniston chegarasidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Pokistonning Islomobod shahda ham sezilgan. Shuningdek, ushbu yer silkinishi taʼsiri Oʻzbekistoning Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham sezildi. Xususan, uning kuchi Surxondaryoda 3, Qashqadaryo va Samarqandda 2 ballni tashkil etdi.
Mahalliy hokimiyat vakilining aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. U barcha idoralarni jabrlangan hududga zudlik bilan yordam yuborishga chaqirdi.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Salohiddin Ayubiyning aytishicha, ayrim qishloqlar olis togʻli hududlarda joylashgan, shunday ekan tafsilotlarni aniqlashtirish vaqt talab etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
- Abituriyent oʻqishga kirishda oʻzi istagan chet tilidan test topshirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring