Afgʻonistonda yagona boʻlgan sport telekanali faoliyatini toʻxtatdi

15:51 11 Oktyabr 2021 Dunyo
486 0

Arxiv surat

Afgʻonistonda yagona sport telekanali hisoblangan “3 Sport” koʻrsatuvlarni efirga uzatishni toʻxtatdi.

Bunga iqtisodiy muammolar va “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan keyin qoʻyilgan cheklovlar sabab boʻlgan.

“3 Sport” telekanali efirining toʻxtatilishiga sabab iqtisodiy muammolar va hukumat tomonidan barcha ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar», deyiladi xabarda.

Bungacha Afgʻonistonda toliblar hokimiyatga kelganidan beri oʻtgan ikki oy ichida 150 dan ortiq gazeta, telekanal va internet nashrlari oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan maʼlum boʻlgan edi.

Sentyabr oyi boshida toliblar ayollarga sport bilan shugʻullanishni taqiqladi. Harakat vakili shu munosabat bilan bergan murojaatida aytilishicha, sport bilan shugʻullanayotgan vaqtda tananing baʼzi qismlari ochilib ketishi mumkin va va bu shariat qoidalariga zid.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?