Afgʻonistonda uch nafar jurnalist ayol oʻldirildi

16:10 03 Mart 2021 Dunyo
688 0

Afgʻonistondagi Jalolobod shahrida uch nafar jurnalist ayol nomaʼlum qurolli shaxslar tomonidan otib oʻldirildi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda

Hukumat rasmiylari bergan maʼlumotlarga koʻra, shahar markazlaridagi ishchilar sodir boʻlgan qotilliklar sababli qoʻrquv va sarosima ichida yashashmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻldirilgan jurnalistlar taxminan 18-20 yosh atrofida boʻlgan. Ular maktabning dublyaj boʻlimida ishlagan oʻrta maktab bitiruvchilari edi.

Hukumat manbalari, ayollar ishdan uyga ketayotganda oʻldirilganligini aytmoqda. Yana bir ayol ogʻir tan jarohatlari bilan kasalxonaga joylashtirildi.

Otishma Tolibon guruhi tomonidan uyushtirilgani taxmin etilmoqda. Ammo guruh hujumga aloqasi yoʻqligini aytmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?